Yangiliklar

1 May 2023

YOSHLAR – YANGI O‘ZBЕKISTONNING MUSTAHKAM POYDЕVORIDIR

Samarqand veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida "O‘zbekiston – Yoshlar mamlakati" shiori ostida yoshlar sayli bo‘lib o‘tdi. Yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga qaratilgan ushbu festival doirasida "Konstitutsiya bilimdoni" viktorinasi, "Zakovat" intellektual o‘yinlari, master-klass uchrashuvlari, munozara, shaxmat seansi loyihalari tashkil etildi. Shu bilan birga yoshlarni sportning kamondan otish turiga yanada qiziqtirish hamda mazkur sport bilan muntazam shug‘ullanib borishlarini ta’minlash maqsadida Samarqand shahar "Qo‘riqlash" bo‘limi xodimlari tomonidan mahorat darslari olib borildi.

"Qo‘riqlash" xizmatining mutaxassis xodimlari viloyatning barcha hududlaridan tashrif buyurgan yoshlar yetakchilari, havaskor yoshlar ishtirokida kamondan otish sport turi bo‘yicha kichik musobaqa ham tashkil etishdi. Ko‘tarinki ruhda tashkil etilgan festivalda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan kasblar va hunarmandchilik namunalari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lishdi.