YORQIN XOTIRANGIZ QALBLARDA MANGU YASHAYDI
“Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Farg‘ona va Namangan viloyat "Qo‘riqlash" boshqarmasi mas’ullari tashabbusi bilan o‘z xizmat vazifasini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan mard o‘g‘lonlarning xotirasi yodga olindi. Ulug‘ vatan urush davrida ishtirok etgan qahramonlar bilan suhbatlar tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Farg‘ona viloyati "Qo‘riqlash" boshqarmasi mas’ul vakillari, xizmat vazifasini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan Quva tumani "Akbarobod” mahallasida tug‘ilib o‘sgan, marhum Erkinjon Akbarov hamda Farg‘ona tumani "Ilg‘or" mahallasida yashagan Rustam Matazimovlarning oila a’zolari holidan xabar olishib, ularning xonadonlariga tashrif buyurdilar.
Bu jarayonda mard va jasur o‘g‘lonlarning porloq xotirasi, yuksak insoniylik fazilatlari hamda ko‘rsatgan jasoratlari yodga olindi. Marhumlarning o‘sib-ulg‘ayotgan farzandlariga va oila a’zolariga tuhfalar xadiya etildi. Bu esa ularning murg‘ak qalbini quvonchga to‘ldirdi. Darhaqiqat, inson bor ekan, xotira – muqaddas.
Hech kim, hech narsa unut bo‘lmaydi. Zero, o‘z Vatani tinchligi va kamoloti yo‘lida aziz jonini fido qilgan o‘g‘lonlarning porloq xotirasi qalblarda mangu yashaydi. Bugungi tinch-xotirjam zamonni asrab-avaylash, uning qadriga yetish esa barchamizning muqaddas burchimizdir.
Namangan viloyati "Qo‘riqlash" boshqarmasi mas’ul xodimlari ham “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan viloyatda istiqomat qilayotgan “Ulug‘ vatan urushi” qatnashchilarining yashash xonadonlariga tashrif buyurdilar.
Masullar To‘raqo‘rg‘on, Pop, Norin tumanlarida yashovchi faxriylarning yashash xonadoniga xonadoniga tashrif buyurishib, xonadon egalarining bolalik xotiralari,urushning mashaqqatli yillari haqida samimiy suhbat qilishdi. Nuroniy otaxonning ta’kidlashicha bilan suxbat o‘tkazildi, atrof muxitni tartibga solishga ko‘maklashildi.
To‘raqo‘rg‘on tumanidagi 3-sonli maktab o‘quvchilari bilan birgalikda marhum xodim safdor Abdulvoxidov Abdulxodi Abdulaziz o‘g‘lining monumenti poyiga gulchambar qo‘yildi.Ustozlaridan jasur o‘g‘lon haqida qiziqarli fikrlarni tingadilar. O‘quvchilarga so‘nggi amgacha qasamiyodiga sodiq qolgan asl o‘g‘lonning jasorati namuna qilib ko‘rsatildi.