Yangiliklar

16 Oktyabr 2023

YOSHLAR SPORT BILAN HAMNAFAS

Milliy gvardiya Toshkent viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda viloyat Yoshlar siyosati va sport boshqarmasi hamkorligida Nurafshon shahrida mini-futbol va kamondan otish sport turlari boʻyicha musobaqalar tashkil etildi. Viloyatning barcha tuman va shaharlardan tashrif buyurgan jami 16 ta jamoa ishtirok etib, oʻzaro gʻoliblik uchun bellashishdi.
Har bir bellashuv qizgʻin va murosasiz bahslarga boy oʻtdi. Musobaqalarni tajribali sport hakamlari odilona baholab borishdi. Musobaqalarning yakunida mini-futbol sport turida 3 oʻrinni Bekobod shahri, 2 oʻrinni Parkent tumani, 1 oʻrinni esa Angren shahri jamoalari qoʻlga kiritishdi. Shuningdek, kamondan otish sportida qizlar oʻrtasidagi bahslarda barcha sovrinli oʻrinlarga Bekobod shahri jamoasi egalik qilgan boʻlsa, oʻgʻil bolalar oʻrtasida esa 3 oʻrin Bekobod shahri, 2 oʻrin Toshkent tumani va faxrli 1 oʻrin Angren shahri yoshlariga nasib etdi.
Tadbir soʻngida barcha gʻolib va sovrindorlar munosib ragʻbatlantirildi. Birinchilikni qoʻlga kiritgan jamoalar joriy yilning noyabr oyida poytaxtimizda oʻtkaziladigan Milliy gvardiya kubogining respublika bosqichida ishtirok etishadi.