YOSHLARNING IQTIDORINI YUZAGA CHIQARISH UCHUN TURLI YO‘NALISHLARDA BELLASHUVLAR TASHKIL ETILDI
Yangi Namangan tumani "Mingchinor" mahallasida tuman yoshlari uchun "Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!" shiori ostida yoshlar sayli bo‘lib o‘tdi.
Tuman hokimligi, viloyat Mudofaa ishlari bo‘yicha hamda "Qo‘riqlash" boshqarmalari hamda hududdagi Oliy ta’lim muassasalari hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda ishtirok etgan o‘quvchi yoshlar uchun ko‘plab sport turlari shaxmat-shashka, stol tennisi, o‘zbek jang san’ati, kamondan otish hamda futbol sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi. Shuningdek, tadbir davomida "Zakovat" intellektual o‘yini, yosh kitobxonlar bellashuvi ham o‘tkazildi.