Yangiliklar

9 Avgust 2024

Yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlarini taʼminlash maqsadida tarixiy obidalarga sayohat tashkil etildi

Surxondaryo viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari tomonidan otaliqqa olingan yoshlar hamda "Amudaryo" sogʻlomlashtirish oromgohi oʻgʻil-qizlari uchun tarixiy qadamjolarga sayohat uyushtirildi.
Tashkil etilgan sayohat davomida yoshlar Termiz tumanidagi Al Hakim At-Termiziy ziyoratgohi, Termiz va Termiziylar tarixi muzeyi hamda Termiz davlat muzey-qoʻriqxonasida boʻlishdi.
Yosh avlod buyuk ajdodlarimizning mamlakatimiz taraqqiyotiga hamda nafaqat xalqimiz, balki dunyo tamaddunining yuksalishiga qoʻshgan hissasi haqidagi qiziqarli maʼlumotlarga ega boʻldilar.
Tarixiy qadamjolarga boʻlgan sayohat kerakli bilimga ega boʻlish bilan bir qatorda unutilmas taassurotlarga boyligi bilan ham yoshlar xotirasida abadiy muhrlandi.