YOSHLAR YENGIL ATLETIKADA MOHIR EKANLIKLARINI ISBOTLASHDI
Sportning har qanday turi insonni salomatligini mustahkamlash bilan birga, kishi orasida do‘stona aloqalarni o‘rnatishga ham ko‘maklashadi. Kuni kecha Angren shahrida 16-30 yoshli atletlar orasida yengil atletika yo‘nalishida bellashuvlar o‘tkazilib, yigit-qizlarning imkoniyatlari sinovdan o‘tkazildi.
Toshkent viloyat Yoshlar siyosati va sport boshqarmasi hamda Angren shahar "Qo‘riqlash" bo‘limi mas’ullari tashabbusi bilan o‘tkazilgan bahslarda 100 va 1000 metrga yugurish, quvnoq estafeta shartlarida mahorat hamda epchillik sinovdan o‘tkazildi.
Yakkalik bahslarida har bir yo‘nalishda sovrindorlar nomi aniqlanib, ularga tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari taqdim etildi.