Yangiliklar

11 Oktyabr 2023

YOSHLAR UCHUN UNUTILMAS TAASSUROTLARGA BOY BOʻLGAN SAYOHAT TASHKIL ETILD

Yoshlarning maʼnaviyatli boʻlib ulgʻayishida ularning oʻz tarixini yaxshi bilishlari muhim ahamiyat kasb etadi. Kuni kecha Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi tashabbusi bilan Guliston shahrida joylashgan Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining bir guruh oʻquvchilari uchun Xovos tumanida joylashgan “Bobo Jobir” ziyoratgohiga sayohat tashkil etildi.
Bu yerda oʻquvchi yoshlar ziyoratgohining 2500 yillik tarixi hamda boshqa koʻplab maʼlumotlarga ega boʻlishdi. Sayohat davomida yoshlarni Milliy gvardiya sohasida bugungi kunda olib borilayotgan islohotlar va tizimda amalga oshirilayotgan salmoqli ishlar boʻyicha batafsil maʼlumotlarga ega boʻlishlari maqsadida Yangiyer shaharlararo "Qoʻriqlash" boʻlimida oʻquvchi yoshlar uchun ochiq eshiklar kuni tashkil etilib, boʻlimda xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan ham yaqindan tanishdilar.
Bunday tadbirlar esa kelajagimiz egalarini kelgusi hayot yoʻlida katta ahamiyat kasb etadi.