Yangiliklar

20 Aprel 2023

YOSHLAR UCHUN IMKONIYATLAR NAMOYISH ETILDI

Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Jizzax mintaqaviy o‘quv markazida Zomin tuman Mudofaa ishlari bo‘limi mas’ullari bilan hamkorlikda Oliy harbiy ta’lim bilim yurtlariga imtihon topshiruvchi yoshlarni kelgusida o‘zlariga munosib kasb tanlashlariga ko‘maklashish maqsadida ochiq eshiklar kuni tashkil etildi.

Tadbirda yoshlarga markazning o‘quv jarayoni, shart-sharoitlari va bu yerda tahsil olgan tinglovchilarning kelgusidagi xizmat faoliyatlari to‘g‘risida kengroq tushunchalar berib o‘tildi.

Shuningdek yoshlarning qiziqtirgan savollariga malakali mutaxassislar tomonidan javob berib o‘tildi.