Yangiliklar

14 Aprel 2023

YOSHLAR – UCHINCHI RENESSANS ASOSCHILARI

Kuni kecha Jizzax shahar xalq ta’limi bo‘limiga qarashli umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish hamda vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida Jizzax viloyati "Qo‘riqlash" boshqarmasi va Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi mas’ullari bilan hamkorlikda "O‘zbekiston Yoshlar mamlakati" va "Milliy armiyamiz chinakam mardlik, fidoyilik va vatanparvarlik maktabi" shiorlari ostida bo‘lib o‘tgan tadbirlarda yigit-qizlar o‘z iste’dodlarini namoyon etdilar.

Tadbir davomida Jizzax garnizoni harbiy orkestr jamoasi va madaniyat bo‘limi xonandalarining vatanni madh etuvchi qo‘shiq va kuylari yoshlarga o‘zgacha zavq bag‘ishladi.

“Zukko bilimdon” va “Mohir sozanda” tanlovlarida o‘quvchilar o‘zlarining iqtidorlarini namoyish qildilar. O‘tkazilgan tadbir yakunida, kun sayin rivojlanib borayotgan kamondan otish sport turi bo‘yicha musobaqa tashkillashtirilib g‘oliblar munosib taqdirlandilar.