Yangiliklar

15 Sentyabr 2023

Yoshlar o‘rtasida sportning qo‘l jangi turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi

Kuni kecha Toshkent viloyati "Qo‘riqlash" boshqarmasi tashabbusi bilan viloyatda ilk marotaba yoshlar o‘rtasida sportning "Usmonov kombat sistems" turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.

Toshkent viloyatining Toshkent tumanida joylashgan Universal sport majmuasida “Usmonov kombat sistems” federatsiyasi hamda viloyat Yoshlar siyosati va sport boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan musobaqada 7 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan yosh sportchilar o‘z mahoratini ko‘rsatishdi.

Qizg‘in va murosasiz bellashuvlarda har bir yosh sportchining ishtiroki hakamlar hay’ati tomonidan munosib baholanib borildi. O‘zaro kuch sinashish natijasida saralanib, musobaqaning final bosqichigacha yetib kelgan eng kuchli yoshlar keskin bahs munozaralarga boy shiddatli jang olib bordilar.

Qiziqarli bahslar yakunida g‘olib va sovrindorlar nomi aniqlanib, ularga tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

Mazkur musobaqaning asosiy maqsadi – yoshlarning sportga qiziqishini oshirish, ularni jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlariga doimiy jalb qilish va ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, shuningdek, kelgusida xalqaro turnirlarda vatanimiz sharafini himoya qiladigan mahoratli sportchilar qatoridan o‘rin olishdan iborat.