Yangiliklar

18 Avgust 2023

YOSHLAR MUAMMOLARI TIZIMLI HAL QILINMOQDA

Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning puxta bilim olishi, kasb-hunar o‘rganishiga ko‘maklashish, muammolarini hal etish hamda mazkur yo‘nalishdagi ishlar samaradorligini oshirish maqsadida Xorazm viloyat "Qo‘riqlash" boshqarmasida Yoshlar ishlari agentligi vakillari hamkorligida yig‘ilish o‘tkazildi.

Tadbirga viloyat hududidagi ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yigit-qizlar, oilaviy bolalar uylari farzandlari, nogironligi mavjud bo‘lgan yoshlar jalb etilib, ularning muammolari tinglandi.

Yig‘ilish davomida 4 nafar yoshlarning kasb-hunar o‘rganish, to‘lov kontrakt pullarini to‘lashga ko‘maklashish, salomatliklarini mustahkamlash, maktabni ko‘chirish kabi muammolari shu yerning o‘zida hal qilindi. 6 nafarining muammosini hal qilish bo‘yicha tegishli mutasaddi xodimlarga topshiriqlar berilib, qisqa vaqt ichida masalalarni bartaraf etish choralarini ko‘rish lozimligi tushuntirildi.

Mazkur yo‘nalish bo‘yicha ishlar respublikamizning boshqa viloyatlarda ham tizimli ravishda olib borilmoqda.