YOSHLAR FESTIVALIDA IMKONIYATLAR SINOVDAN O‘TKAZILDI
Namangan viloyat To‘raqo‘rg‘on tumanidagi " Ishoqxon Ibrat" majmuasida "Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!" shiori ostida yoshlar festivali bo‘lib o‘tdi. 100 nafardan ko‘proq yigit-qizlar ishtirok etgan festivalda shaxmat-shashka va boshqa sport turi bo‘yicha musobaqalar, "Zakovat" intellektual o‘yini, kasblar tanlovi hamda kamondan otish sport turi bo‘yicha mahorat darslari tashkil etilib, ertamiz egalarining mahorati sinovdan o‘tkazildi.
Festival yakunida iste’dodli yoshlar tomonidan tashkil etilgan gala-konsert barchaga ko‘tarinki kayfiyat baxsh etdi.