Yangiliklar

25 Iyun 2023

YOSH XODIMLAR UCHUN TRENINGLAR TASHKIL ETILDI

Sirdaryo viloyati "Qo‘riqlash" boshqarmasi psixolog xodimlari tomonidan Yangiyer shaharlararo "Qo‘riqlash" bo‘limida xizmat olib borayotgan xodimlari ishtirokida navbatdagi psixologik trening tashkil etildi.

Milliy gvardiya xodimlarining kasbiy faoliyatida shaxsning jamoaga, xizmat va oddiy hayot tarzidan farq qiluvchi qat’iy kun tartibi va shaxslararo munosabatlarga kirishish va moslashish alohida o‘rin tutadi.

Turli xil sharoitlarga moslashish va ko‘nikma hosil qilish, xodimlarning xizmat faoliyati davomida kasbiy mahoratini oshirish, oldinga qo‘yilgan vazifalarni yakdil, tez, osonroq bajarishda ushbu trening mashqlarining ahamiyati katta.

Yosh xodimlarining kasbiy malaka va ko‘nikmalarini rivojlantirishning psixologik jihatlarini psixokorreksion mashg‘ulotlar orqali ochib berish hamda kelgusida uchrashi mumkin bo‘lgan har xil psixologik to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan trening mashg‘ulotlari xodimlarga ularning hayoti va faoliyatida, oilasida, do‘stlari davrasida yuzaga keladigan qiyinchiliklar va ziddiyatlarning mohiyatini tahlil qilish va hal etish, o‘z oldiga yangi maqsadlarni qo‘yish va mustaqil qarorlar qabul qilishda muayyan yordam ko‘rsatishdan iborat ekanligini ko‘rishimiz mumkin.