YOSH XODIMLAR UCHUN O‘ZGACHA YO‘NALISHDA MASHG‘ULOTLAR TASHKIL ETILDI
Navoiy shahridagi Prezident maktabida “Maktabda bola huquqlari himoyasi” mavzusida viloyat "Qo‘riqlash" boshqarmasi Harbiylashtirilgan soqchilik bo‘linmalari xodimlari bilan birgalikda psixokorreksion trening tashkil etildi.
Unda “Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya”ning tegishli moddalari haqida ma’lumotlar berilib, xizmat faoliyati doirasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan turli vaziyatlar yechimi yuzasidan qiziqarli mashg‘ulotlar olib borildi.
Trening davomida malakali psixologlar tomonidan xodimlarga o‘quvchilar orasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammoli vaziyatlar xususida to‘xtalib o‘tildi.
Turli psixologik mashg‘ulotlar orqali xotirani mustahkamlash imkoniyati yaratilib, diqqatni jamlash, e’tiborni bir joyga qaratish, tezkor vaziyatlarda aniq qarorlar qabul qilish borasida ham foydali tavsiyalar berildi.