YOSH BILIMDONLAR SARALANDI
Kuni kecha Sirdaryo viloyatida joylashgan Yoshlar markazida O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarning yosh harbiy xizmatchilar va xodimlar o‘rtasida “Ajdodlar izidan” intellektual o‘yinining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Intellektual o‘yin buyuk bobokalonlarimizning jang san’ati, jamiyat va davlat hayotidagi amalga oshirgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va harbiy islohotlari to‘g‘risidagi kitoblar asosida tuzilgan savol-javob shaklida tashkil etildi.
O‘yin qoidasiga ko‘ra o‘z tizimida peshqadamlikni qo‘lga kiritgan jamoa mazkur bellashuvning respublika bosqichlarida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritadi. Viloyat bosqichida boshqa kuch tuzilmalari kabi Sirdaryo viloyati "Qo‘riqlash" boshqarmasi xodimlari ham faol ishtirok etib, sovrindor bo‘lishdi va respublika bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritishdi.