YONG‘INGA QARSHI KURASHISH BORASIDA KO‘NIKMALAR OSHIRILDI
Yong‘in tilsiz yov, agar o‘z vaqtida bartaraf etilmasa ko‘plab muammolarga sabab bo‘lishi mumkin. Turli tabiiy va texnogen vaziyatlarda ushbu jiddiy muammoni ya’ni yong‘inni jilovlash, tezlik bilan tarqalishini oldini olishda har bir insonda boshlang‘ich ko‘nikma bo‘lishi darkor.
Kuni kecha Milliy gvardiya Jizzax mintaqaviy o‘quv markazida malaka oshirish, qayta tayyorlash kurslarida o‘qiyotgan tinglovchilar uchun “Olov – tilsiz yov” shiori ostida viloyat yong‘in xavfsizligi boshqarmasining mas’ullari tomonidan o‘t o‘chirish tartiblari, bunday vaziyatlarda qanday harakat qilish kabi ko‘nikmalar, shuningdek maxsus olovlarni o‘chirish uchun mo‘ljallangan texnik vositalarni ishlatish kabi muhim jihatlar haqida tushunchalar berildi.
O‘t o‘chirish mashinasidagi qurilmalarni ishlatish, turli obyektlardagi birlamchi vositalar yordamida tilsiz yovni bartaraf etish kabi amaliy jarayonlarni tinglovchilarning o‘zilar ham bevosita mutaxassislar ko‘magida bajarib ko‘rdilar.