YOʻLLARDAGI QOIDALAR BARCHA UCHUN BAROBAR
Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy oʻquv markazi shaxsiy tarkibining yoʻl harakati qoidalariga qatʼiy rioya qilishlarini taʼminlash, yoʻllarda harakatlanish madaniyatini yanada oshirish hamda yoʻl harakati qoidalariga kiritilgan soʻnggi oʻzgartirish va qoʻshimchalarni yetkazish maqsadida IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati masʼul xodimlari ishtirokida profilaktik davra suhbati oʻtkazildi.
Tadbir davomida maʼruzachi tomonidan yoʻl harakati qoidalariga soʻnggi kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar, harakat davomida asosiy eʼtibor qaratilishi lozim boʻlgan jihatlar, yoʻl-transport hodisalariga sababchi holatlar va ularni oldini olish borasida belgilangan tezlikni meʼyoridan oshirmaslik, spirtli ichimlik isteʼmol qilgan xolda hamda texnik nosoz transport vositalarini boshqarmaslik, hushyorlikni taʼminlash borasida tegishli tushuntirish ishlari olib borildi.
Shuningdek, yigʻilish ishtirokchilarida tugilgan savollarga batafsil javob berildi.