YO‘LLAR QAT’IY INTIZOMNI TALAB ETADI
Yo‘llarda xavfsizlikni ta’minlash, harakat ishtirokchilari uchun aniq va qat’iy belgilangan normalarga amal qilish mexanizmini shakllantirish, yo‘l transport hodisalarini oldini olish uchun ustuvor vazifalardan biri sanaladi.
Mazkur masalalar muhokamasi yuzasidan kuni kecha Xorazm viloyati "Qo‘riqlash" boshqarmasi Tuproqqal’a tuman "Qo‘riqlash" bo‘limi xodimlari uchun davra suhbati tashkillashtirildi. Tadbir davomida tuman IIB, JXX, YPX xodimlari tomonidan xizmat va shaxsiy avtotransport vositalarini boshqarish davomida haydovchiga yuklatilgan talablar hamda qonunchilikka kiritilgan yangiliklar xususida to‘xtalib o‘tdilar.
Shuningdek, bugungi zamon talablaridan kelib chiqib barcha fuqarolar texnika va texnologiyalardan foydalanish barobarida, ulardan foydalanish tartibiga qat’iy rioya qilishlari inson salomatligini ta’minlash uchun mixim ekanligi a’lochida ta’kidlandi.
Tadbir orqali xodimlar mutaxassislarga savollar bilan yuzlanib o‘zlari uchun kerakli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.