Yangiliklar

18 Aprel 2023

YO‘LLAR – QAT’IY INTIZOMINI TALAB ETADI

Yo‘llarda xavfsiz harakatni ta’minlash, fuqarolar va xodimlar tomonidan sodir etilishi mumkin bo‘lgan yo‘l transport hodisalarining barvaqt oldini olish maqsadida Xorazm viloyat IIB xodimlari tomonidan viloyat “Qo‘riqlash” boshqarmasida uchrashuv tashkil etildi.

Muloqotlarda xodimlarga yo‘llarda harakatlanish davomida qoidalarga to‘liq amal qilishlari, tezlikni me’yordan oshirmasliklari xoh shaxsiy xoh xizmat avtomobilida bo‘lsin yo‘l harakati qoidalariga birdek bo‘ysunishlar lozimligi ta’kidlandi.

Shuningdek, uchrashuvda xodimlar doim o‘zlarining xalq e’tiborida bo‘lishlarini unutmagan tarzda harakatlanishlari, o‘zlarining huquqiy bilimlari va harakat madaniyati bilan atrofdagilarga o‘rnak bo‘lishlari zarurligi alohida tushuntirildi.

Targ‘ibot yakunida esa respublikamiz hududlarida sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisalari tasvirlari yordamida tayyorlangan videorolik namoyish etildi.

Bu esa albatta tomoshabinni mulohaza qilishga, yo‘llarda harakatlanish qoidalariga amal qilmaslikning oqibatlari kichik bir e’tiborsizliklik xam kattagina ko‘ngilsizliklarga sabab bo‘lishini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rib to‘g‘ri xulosa chiqarishlari uchun xizmat qiladi.