Yangiliklar

9 Iyun 2023

YO‘L INTIZOMNI YOQTIRADI

Andijon viloyati “Qo‘riqlash” boshqarmasi shaxsiy tarkibi ishtirokida yo‘l transport hodisalarining oldini olish, yo‘l harakati qoidalariga rioya etish, harakat xavfsizligini ta’minlash, transport vositalarining haydovchilarini dastlabki tarzda majburiy va keyinchalik vaqti-vaqti bilan tibbiy ko‘riklardan o‘kazish bo‘yicha ma’sullar tomonidan o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.

O‘tkazilgan profilaktik tadbirda transport vositasini boshqarishda ro‘y berayotgan salbiy holatlar va ayanchli kechgan videolavxa ham namoyish etildi.

Shu bilan birgalikda xodimlarning faqat o‘zlarini avtotarnsport boshqarishda xavfsizligi emas balki ota-ona, farzandlari xamda yaqinlarini xavfsizligini ta’minlashda ma’sul ekanligi haqida ularga tushuntirishlar berildi.