XODIMLARNING ZIYRAKLIGI HAMDA TEZKORLIGI TUFAYLI NAVBATDAGI YIRIK MIQDORDAGI PUL MABLAGʻLARINING NOQONUNIY RAVISHDA O‘ZLASHTIRILISHI OLDI OLINDI
Joriy yilning 5 aprel kuni soat 22:52 da Sirdaryo viloyati Guliston shaharlararo "Qo‘riqlash" bo‘limi qo‘riqlovidagi ATB "Agrobank" bankomatidan tashvish xabari kelib tushgan.
Xabarga ko‘ra tezkor harakatlanuvchi guruh xodimlari voqea joyiga zudlik bilan yetib borganda noma’lum shaxs bankomat eshigini ochishga urinayotgan vaqtda xodimlar tomonidan ushlangan va Mirzaobod tuman IIBga o‘rnatilgan tartibda topshirilgan.
Dastlabki surishtiruv ishlari natijasida huquqbuzar avval Jinoyat kodeksining 169 moddasi bilan sudlangan, joriy yilning mart oyida jazo muddatini o‘tab kelgan Namozov ekanligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari tuman IIB tomonidan olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Siz ham mol-mulkingiz daxlsizligini istasangiz "Qo‘riqlash" xizmati turlaridan foydalaning. Batafsil ma’lumotni 1131 raqami orqali olishingiz mumkin.