Xodimlarning texnogen ofatlarda hamda favqulodda vaziyatlarda harakatlanish, favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish hamda jabrlanuvchilarga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha amaliy koʻnikmalar oshirilmoqda
Xodimlarning texnogen ofatlarda hamda favqulodda vaziyatlarda harakatlanish boʻyicha bilim saviyalarini oshirib borish bugungi kunning eng muhim dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.
Ayni shu maqsadda, Navoiy viloyati Qoʻriqlash boshqarmasida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bilan hamkorlikda targʻibot tadbiri oʻtkazildi. Xususan, yongʻin sodir boʻlganda, shuningdek, zilzila va suvda choʻkish bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlarda toʻgʻri harakatlanish, favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish hamda jabrlanuvchilarga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha amaliy koʻnikmalari oshirildi.
Shu bilan birga Jizzax mintaqaviy oʻquv markazi tinglovchilari ishtirokida “Olov – tilsiz yov” mavzusida oʻquv-amaliy mashgʻulotlari tashkillashtirildi. Mashgʻulotlar 2 qismdan iborat boʻlib, dastlab tinglovchilarga Favqulodda vaziyatlar boʻlimi masʼullari tomonidan nazariy tushunchalar berildi. Shundan soʻng favqulodda vaziyatlarda harakatlanish boʻyicha amaliy mashgʻulotlar oʻtkazilib, bilimlar har tomonlama mustahkamlandi.
Oʻtkazilgan mashgʻulotlar tinglovchilarda yongʻin bilan bogʻliq xavf-xatarlar toʻgʻrisida aniq tushunchalarni shakllantirish va favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda oʻzini xavfsiz tutish boʻyicha barqaror koʻnikmalarni shakllantirishga yordam berdi.