Yangiliklar

22 May 2025

Xodimlarning oilaviy sharoitini oʻrganish, ijtimoiy himoyaga muhtoj, sogʻligʻida muammosi bor xodimlarning oilasiga koʻmak koʻrsatish maqsadida xodimlarning xonadonlarida boʻlib ularning ota-onalari bilan dildan suhbat qurdilar

Jizzax viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi rahbariyati tomonidan xodimlarning oilaviy sharoitini oʻrganish, ijtimoiy himoyaga muhtoj, sogʻligʻida muammosi bor xodimlarning oilasiga koʻmak koʻrsatish maqsadida xodimlarning xonadonlarida boʻlib ularning ota-onalari bilan dildan suhbat qurdilar. Suhbat davomida oila va tashkilot oʻrtasidagi koʻprikni mustahkamlash, oila muqaddasligi va farzand tarbiyasi, burchga sadoqat va shukronalik tuygʻulari boʻyicha fikr almashdilar. Shu kuni boshqarma boshligʻi mazkur xonadon vakillariga bir necha turdagi zaruriy oziq-ovqat mahsulotlarini topshirdilar.