Xodimlarning kasbiy mahoratini oshirish, maʼmuriy amaliyot yoʻnalishidagi ishlarni toʻgʻri tashkil etish, xizmat vaqtida zamonaviy axborot tizimlaridan samarali foydalanish hamda jamoat tartibini saqlash borasidagi faoliyatni takomillashtirishga bagʻishlangan oʻquv mashgʻuloti boʻlib oʻtdi
Xorazm viloyati Qoʻriqlash boshqarmasida Qoʻriqlash Departamenti masʼullari ishtirokida oʻquv mashgʻuloti tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi — Qoʻriqlash xizmati xodimlarining kasbiy mahoratini oshirish, maʼmuriy amaliyot yoʻnalishidagi ishlarni toʻgʻri tashkil etish, xizmat faoliyatida zamonaviy axborot tizimlaridan samarali foydalanish hamda jamoat tartibini saqlash borasidagi faoliyatni takomillashtirishdan iborat boʻldi.
Tadbir davomida maʼmuriy amaliyot yoʻnalishidagi ishlar samaradorligini oshirish, “E-maʼmuriy ish” tizimini toʻgʻri va sifatli yuritish, shuningdek, ommaviy tadbirlar davomida xodimlar tomonidan jamoat tartibini taʼminlash faoliyatini toʻgʻri tashkil etish masalalari boʻyicha atroflicha tushuntirish va amaliy tavsiyalar berildi.
Oʻquv mashgʻuloti davomida ishtirokchilarga sohadagi amaliy tajribalar yetkazilib, xizmat faoliyatida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan holatlarni bartaraf etish boʻyicha amaliy koʻrsatmalar ham berildi.
Mutasaddilar tomonidan sohada yoʻl qoʻyilayotgan ayrim kamchiliklar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish boʻyicha aniq vazifalar belgilab olindi.