XODIMLARNING BILAN PSIXOPROFILAKTIK TADBIRLAR
Bugungi kunda ish unumdorligini oshirish, xizmat samaradorligini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. Bu natijalarga erishishda inson psixologiyasi muhim omil hisoblanadi.
Shu munosabat bilan Milliy gvardiya Xorazm viloyati "Qo‘riqlash" boshqarmasi psixologlari tomonidan xodimlarni o‘ziga bo‘lgan ishonch hissini oshirish, xizmati davomida uchrashi mumkin bo‘lgan stress, depressiya va tushkunlik omillarini o‘rganish va bartaraf qilish, emotsional barqarorlikni ta’minlash maqsadida psixologik metodikalardan foydalangan holda ma’ruza hamda “Muammolar yechimi”, “Xayr stress” mavzularida psixologik trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi.