Yangiliklar

6 Avgust 2023

XODIMLAR VA ULARNING YAQINLARI UCHUN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI

Sirdaryo viloyati “Qo‘riqlash” boshqarmasi va Guliston harbiy prokuraturasi mas’ullari bilan hamkorlikda “Qo‘riqlash” bo‘limlarida xizmat olib borayotgan shaxsiy tarkib, shuningdek ularning oila a’zolari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.

Mas’ullar xodimlar tomonidan xizmat intizom buzilishi holatlarining oldini olish, spirtli ichimlik iste’mol qilib avtotransport vositalarini boshqarish oqibatida sodir bo‘layotgan yo‘l transport hodisalari, firibgarlik va tamagirlik kabi salbiy illatlardan o‘zoq yurishlari lozimligini ta’kidladilar.

Mazkur tadbir jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, yoshlar, xodimlar va ularning oila a’zolarini huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini amalga oshirishda yordam ko‘rsatish maqsadida tashkil etilganligi bilan ahamiyatli bo‘ldi.

O‘zining fidoyiligi va mehnatsevarligi bilan boshqalarga o‘rnak bo‘lib kelayotgan xodimlarning oila a’zolariga tashakkurnomalar topshirildi.