XODIMLAR VA ULARNING OILA A’ZOLARI UCHUN QIZIQARLI TOMOSHALAR TASHKIL ETILDI
"Qo‘riqlash" bosh boshqarmasi tizimlarida xizmat qilib kelayotgan xodimlar uchun ma’daniy va ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazish odat tusiga aylangan. Sababi shundaki, xizmat samaradorligini oshirishning asosiy mezonlaridan biri xam ma’daniy hordiq hisoblanadi.
Kuni kecha Xorazm viloyati "Qo‘riqlash" boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlarida xizmat qilib kelayotgan xodimlar va ularning oila a’zolariga bayram shukuhini ulashish hamda ularning maroqli dam olishlarini ta’minlash maqsadida, Urganch shahar “Ogahiy” nomidagi musiqali-drama teatrida tashkil qilingan “Mustaqil O‘zbekiston farzandiman” shiori ostida konsert dasturi tashkil etildi.
Konsert dasturi doirasida xushovoz xonandalar va bolalar uchun ertak qahramonlarining chiqishlari yig‘ilganlarda o‘zgacha taassurot qoldirdi.