XODIMLAR VA ULARNING OILA AʼZOLARI ISHTIROKIDA DAVRA SUHBATI
Kuni kecha Xorazm viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi shaxsiy tarkib orasida xizmat intizomini mustahkamlash, huquqbuzarliklarni profilaktika qilish boʻyicha Respublika ishchi guruhi tomonidan bir qator manzilli chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Jumladan, "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari polkovnik Z.I.Boʻronov raisligida xodimlar va ularning oila aʼzolari ishtirokida oʻtkazilgan yigʻilish davomida xizmat intizomini mustahkamlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, tavakkalchilikka asoslangan totalizator hamda qimor oʻyinlarining salbiy oqibatlari bilan bogʻliq dolzarb masalalar muhokama etildi. Xodimlarning oila aʼzolari bilan doimiy aloqa oʻrnatish, ulardagi muammolarni oʻrganish va tegishli tartibda hal qilish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Shuningdek, boʻlinmalarda xizmat qilayotgan xodimlarni yashash sharoitlari bilan tanishish, oila aʼzolari va turmush oʻrtoqlari bilan suhbat oʻtkazish maqsadida xodimlarning yashash manzillariga tashriflar uyushtirildi.