Yangiliklar

18 Iyun 2023

XODIMLAR UCHUN NAVBATDAGI SAYOHAT TASHKIL ETILDI

Fuqarolarning farovon turmush kechirishi, osoyishtaligi ko‘p jihatdan yurt tinchligi va uning barqarorligi bilan o‘lchanadi. Bu borada huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari o‘z vazifalarini sidqi dildan, bekamu-ko‘st bajarishlari uchun munosib shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lishi muhim.

Samarqand viloyati "Qo‘riqlash" boshqarmasi shaxsiy tarkibning mehnat samaradorligini oshirish maqsadida xodimlar uchun Samarqanddagi tarixiy obidalarga sayohatlar uyushtirish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

"Qo‘riqlash" xizmati xodimlarining navbatdagi sayohati Go‘ri Amir maqbarasiga bo‘ldi. Bu yerda sayohatchilar Temuriylar davrining o‘ziga xos tarixi hamda davlatchiligi asoslari, maqbarasining me’moriy yechimi va uning bunyod etilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
Bu kabi sayohatlar xodimlarda tarixga bo‘lgan qiziqishlarini ortib borishi bilan birga mehnat faoliyatida samaradorlikka erishishida muhim ahamiyat kasb etadi.