XODIMLAR SOGʻLIGʻI HAR NARSADAN MUHIM
Har qanday sohada jismonan sogʻlom va maʼnan yetuk kadrlar bilangina yuqori samaradorlikka erishish mumkin. Milliy gvardiya "Qoʻriqlash" xizmati xodimlari uchun, ayniqsa ushbu talablar alohida ahamiyat kasb etadi. Shu bois soʻngi yillarda tinchligimiz posbonlari salomatligini mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda va ular doimiy shifokorlar nazoratidadir.
Jumladan, kuni kecha Milliy gvardiya Toshkent hamda Andijon viloyatlari boʻyicha boshqarmalari, shuningdek "Qoʻriqlash" boshqarmalari xodimalari ham yetakchi malakali mutaxassis shifokorlar ishtirokida chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi. Ayni kunlarda koʻrik jarayonlari davom etmoqda. Bundan koʻzlangan maqsad xodimalar orasida turli xastalikni kelib chiqishini barvaqt oldini olishdan iboratdir.