XIZMAT QURILMALARIDAN FOYDALANISH JARAYONIDA SHAXSIY XAVFSIZLIKKA KATTA E’TIBOR QARATISH LOZIM
Zamon rivojlangani sari yumushimizni biroz bo‘lsada yengilatayotgan elektron qurilmalar, kompyuterlar, gadjetlar va ijtimoiy tarmoqlarsiz tasavvur qila olmaymiz. Ammo ushbu qurilmalar orqali xar qanday ma’lumotlarni qisqa vaqt ichida olish mumkinligi haqida barchamizning xabarimiz bor.
Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar orqali xakerlar tomonidan turli viruslar yuborish orqali ma’lumotlarni ko‘chirib olish yoki yo‘q qilish kabi holatlar kuzatilmoqda. Shu kabi holatlarning oldini olish maqsadida Jizzax viloyati "Qo‘riqlash" boshqarmasida "Qo‘riqlash" bosh boshqarmasi mutasaddi xodimlari tomonidan videoselektor tarzida yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda xizmat hujjatlarini saqlash va uni to‘g‘ri yuritish, maxfiylik qoidalariga rioya qilish hamda davlat sirlarini saqlash bo‘yicha ma’ruzalar tinglandi va tegishli tafsillar berildi.