Yangiliklar

20 Aprel 2023

XIZMAT KO‘RSATISH QULAYLIKLARI AHOLIGA YETKAZILMOQDA

Xizmat samaradorligini yanada oshirish, fuqarolarga mulkiy turdagi jinoyatlarning oldini olishdagi Milliy gvardiya "Qo‘riqlash" boshqarmasining imkoniyatlarini yetkazish maqsadida, hududlardagi jamoat joylari, korxona va tashkilotlar, o‘quv muassasalari, mahalla fuqarolar yig‘inlari hamda bozorlarda aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda.
Ana shunday navbatdagi targ‘ibot Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanidagi "Qo‘rg‘on" hamda Jarqo‘rg‘on tumanidagi "Surxon sohili" MFYlarda tashkil etildi. Bugungi kunda Sherobod tuman "Qo‘riqlash" bo‘limining texnik qo‘riqlash markazlari orqali 134 ta xalq xo‘jaligi obyektlari va 110 ta fuqaro xonadonlari, shuningdek, Jarqo‘rg‘on tumanida 194 ta obyekt va 115 ta xonadonlar ishonchli qo‘riqlanib kelinmoqda.

Targ‘ibot tadbirlari davomida "Qo‘riqlash" xizmatining turlari, afzalliklari va qulayliklari, o‘rnatiladigan signalizatsiya hamda qo‘riqlov vositalari to‘g‘risida batafsil tushunchalar berildi.

Joylarda sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda xavfsizlikni ta’minlash muhim masalalardan biri ekanligi ta’kidlandi. Xonadon va savdo do‘konlarini texnik qo‘riqlash markazlari qo‘rig‘iga topshirish, mol-mulk daxlsizligining muhim omili ekanligi tushuntirildi. Viloyatda targ‘ibot va tashviqot ishlari keng ko‘lamda davom etmoqda.