Xizmat intizomni mustahkamlash, jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarliklar profilaktikasiga qaratilgan navbatdagi davra suhbati boʻlib oʻtdi
Termiz shahrida Surxondaryo viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi xodimlari ishtirokida xizmat intizomni mustahkamlash, jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarliklar profilaktikasiga qaratilgan davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Qoʻriqlash boshqarmasi rahbariyati, shaxsiy xavfsizlik boʻlimi hamda Termiz shahar Qoʻriqlash boʻlimi xodimlari ishtirok etdi. Unda xodimlar orasida sodir etilishi mumkin boʻlgan salbiy holatlarning oldini olish, korrupsiya va firibgarlik jinoyatlariga qarshi kurashish masalalari yuzasidan masʼullarning fikr-mulohazalari tinglandi. Joriy yilning oʻtgan davri mobaynida aniqlangan intizom buzilishlar va ularga nisbatan koʻrilgan chora-tadbirlar haqida soʻz yuritilib, bunday holatlarga yoʻl qoʻymaslik, xizmatni belgilangan tartibda tashkil etish muhimligi taʼkidlandi.
Shuningdek, uchrashuvda xodimlarning maʼnaviy saviyasi va intellektual salohiyatini yanada yuksaltirishni taʼminlash, beparvolik muhitiga barham berish, tarbiyaviy ishlar koʻlamini kengaytirish yuzasidan masʼul ofitserlarga tegishli koʻrsatma va tavsiyalar berildi. Yakunda shaxsiy tarkib oʻzlarini qiziqtirgan savollari va masalalari yuzasidan boshqarma rahbariyatidan batafsil javob va maʼlumotlar oldilar.