Yangiliklar

2 Fevral 2024

XIZMAT INTIZOMINI MUSTAHKAMLASHGA QARATILGAN UCHRASHUV

Kuni kecha "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi Davlat organlari obyektlarini qoʻriqlash boʻyicha boshqarmasi xodimlari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Mazkur uchrashuvda "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik boʻlimi hamda Milliy gvardiya masʼullari ishtirok etib, xizmat intizomini mustahkamlash, xodimlarning korrupsiyaga qarshi mafkuraviy immunitetini kuchaytirish, ularda shukronalik hissini shakllantirish, kasbiy fazilatlari va maʼnaviy-ruhiy, jismoniy va jangovar tayyorgarligini yuksaltirish kabi masalalar atroflicha muhokama etishdi.
Ikki kun davomida boʻlib oʻtgan uchrashuvda xodimlar masʼul rahbarlarga faoliyatidagi ayrim uchrayotgan kamchiliklar, oilaviy sharoiti bilan bogʻliq muammolar yuzasidan oʻz savol va takliflari bilan murojaat qilib, tegishli javob va huquqiy maslahatlar oldilar.
Bundan tashqari, tadbir davomida bugungi kunda kibermakonda sodir etilayotgan jinoyatlarning turli koʻrinishlari, mamlakatimizda kuzatilayotgan turlaridan xabardor boʻlishlari, shuningdek kiberjinoyatlarni aniqlash va ularni fosh etish boʻyicha tajribali xodimlar murabbiyligi ostida oʻzlarining bilim va koʻnikmalarini egallash imkoniyatiga ega boʻlishlari alohida taʼkidlandi.
«Kiberxavfsizlik toʻgʻrisida»gi Qonunning mazmun-mohiyati yetkazilib, kiberjinoyat oqibatlaridan oʻz vaqtida aholini xabardor qilish, hamda ularning oldini olish borasidagi ishlar muhokama qilindi.
Shuningdek, yigʻilishda oʻrtaga tashlangan masalalar boʻyicha masʼullarga tegishli vazifalar yuklatildi.