Yangiliklar

9 Noyabr 2023

XIZMAT INTIZOMINI MUSTAHKAMLASH, XODIMLARNING HUQUQIY SAVODXONLIGINI OSHIRISHGA BAGʻISHLANGAN UCHRASHUV OʻTKAZILDI

Kuni kecha Milliy gvardiya Qoraqalpogʻiston Respublikasi "Qoʻriqlash" boshqarmasi shaxsiy tarkibi ishtirokida xizmat intizomini mustahkamlash, xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirishga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Mazkur uchrashuvda Milliy gvardiya Markaziy devoni hamda "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi masʼullari soʻzga chiqib, shaxsiy tarkib orasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklar, shuningdek, qonunbuzilishi holatlarning oldini olish, yoʻl-transport hodisalari, tartib-intizomni mustahkamlashning huquqiy asoslari toʻgʻrisida tushunchalar berib oʻtildi.
Tadbir yakunida xodimlar oʻzlarining qiziqtirgan savollariga batafsil javoblarini oldi.