Yangiliklar

26 Iyul 2023

XIZMAT INTIZOMINI KUCHAYTIRISHDA AHAMIYAT QARATILISHI LOZIM BO‘LGAN JIHATLAR MUHOKAMA ETILDI

Kuni kecha Andijon shahar "Qo‘riqlash" bo‘limi shaxsiy tarkibi uchun qonunchilikka kiritilayotgan o‘zgarishlar, xodimlar va mansabdor shaxslar, turli fuqarolar bilan munosabatga kirishganda ular orasida tamagirlik hamda korrupsion holatlarning kelib chiqishini bartaraf etish, tinchlik posbonlari orasida huquqbuzarliklarning oldini olish, xizmat intizomni mustahkamlash borasidagi faoliyatni kuchaytirish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda Milliy gvardiya Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda "Qo‘riqlash" boshqarmasi shaxsiy xavfsizlik bo‘limi vakillari hamda mas’ul ofitserlar ishtirok etdi.

Muhokamada jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, xodimlarning huquqiy ongi va madaniyatini yanada yuksaltirish, xodimlarning huquq va manfaatlarini to‘laqonli ro‘yobga chiqarish yo‘nalishlaridagi chora-tadbirlar muhokama qilindi.