Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan mamlakatimiz boʻylab "Xavfsiz kibermakon" tezkor-profilaktik oyligi eʼlon qilingan hamda ushbu oylik doirasida jamoat joylari, taʼlim muassasalari va mehnat jamoalarida targʻibot tadbirlari oʻtkazilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan mamlakatimiz boʻylab "Xavfsiz kibermakon" tezkor-profilaktik oyligi eʼlon qilingan hamda ushbu oylik doirasida jamoat joylari, taʼlim muassasalari va mehnat jamoalarida targʻibot tadbirlari oʻtkazilmoqda.
Tadbirlarda Qoʻriqlash Departamentining hududiy boʻlinmalarining Kiberxavfsizlik boʻlimlari mutaxassislari ishtirok etib, aholiga bugun dunyo boʻylab ommalashib borayotgan kiberjinoyatlardan koʻplab insonlar jabrlanib kelayotgani toʻgʻrisida toʻxtalib, kibermadaniyat, shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish, internetdan foydalanishda ehtiyot choralarini koʻrish hamda kiberhujumlardan saqlanish boʻyicha amaliy tavsiyalar berib oʻtilmoqda.
Shuningdek, kiberfiribgarlik holatlarining oldini olish boʻyicha aholi oʻrtasida targʻibot ishlarini kuchaytirish zarurligiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Kiberhujumlarning salbiy oqibatlari va ularning shaxsiy xavfsizlikka taʼsiri haqida fuqarolarning xabardorligini oshirish muhim vazifadir. Tushuntirish ishlari real hayotdan olingan aniq misollar asosida olib boriladi, bu esa odamlarga xavflarni yaxshiroq tushunish va ularning oldini olishni oʻrganish imkonini beradi.
Ushbu tadbirlarning asosiy maqsadi - aholida raqamli muhitda xavfsiz xulq-atvorning barqaror koʻnikmalarini shakllantirish va kiberjinoyatchilardan ishonchli himoya toʻsigʻini yaratishdir.