Yangiliklar

8 Aprel 2024

Tarixga nazar

Kuni kecha A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyati axborot-kutubxona markazida Sohibqiron Amir Temur tavalludining 688 yilligi munosabati bilan Milliy gvardiya Samarqand viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda viloyat "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari ishtirokida “Tarixga nazar..” nomli intellektual ring boʻlib oʻtdi. Mazkur intellektual tadbir 5 bosqichda tashkil etilib, ishtirokchilar tezkor savol-javob, "Tanla, oʻyla, top!”, “Oʻxshatib chizing!”, “Xotira mashqi” soʻzlar ketma-ketligini eslab qolish, “Amir Temur haqida” matn (nutq madaniyati) kabi yoʻnalishlarda oʻzlarining bilim va koʻnikmalarini sinovdan oʻtkazishdi.
Qizgʻin bahslarga boy boʻlgan intellektual ring yakunida gʻolib ishtirokchilar aniqlandi. Tadbir soʻngida gʻolib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.