SAYYOR QABULLAR MUAMMOLARNI YECHISHGA YORDAM BERMOQDA
Xodimlar va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, mavjud muammolarini oʻrganish maqsadida Andijon viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari va ularning oila aʼzolari uchun viloyat harbiy prokurori hamda "Qoʻriqlash" boshqarmasi boshligʻi tomonidan sayyor qabul tashkil etildi.
Mazkur tadbirda har bir xodim va oila aʼzolarining takliflari tinglandi. Xodimlarning oila aʼzolarini ishga joylashish, imtiyozli kredit olish hamda boshqa ijtimoiy masalalar hamda mavjud muammolarni yechishga qaratildi.
Barcha kelib tushgan savollar hamda murojaatlar mutasaddilarga yoʻnaltirilib, ularga yechim topish boʻyicha zaruriy koʻrsatmalar berildi.