Yangiliklar

1 Mart 2024

TASHKIL ETILAYOTGAN OMMAVIY SAYYOR QABULLAR MUAMMOLARNI YECHISHGA YORDAM BERMOQDA

Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori oʻrinbosari – Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurori rahbarligida Navoiy viloyatining Zarafshon shahrida ommaviy sayyor qabul oʻtkazildi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Harbiy prokuratura hamda Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar mutasaddi rahbarlari ishtirok etishdi. Dastlab, harbiy xizmatchi, xodimlar hamda ularning oila aʼzolari bilan uchrashuv oʻtkazildi. Unda bugungi kunda xodimlar uchun yaratilgan qulayliklar, ijtimoiy himoyasi borasidagi olib borayotgan ishlar xususida mutasaddilar tomonidan aytib oʻtildi.
Shundan soʻng, har bir xodim va oila aʼzolarining takliflari tinglandi. Milliy gvardiya Navoiy viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi rahbariyati tomonidan Milliy gvardiya saflariga ishga kirish, Jamoat xavfsizligi universitetiga oʻqishga kirish tartibi boʻyicha, shuningdek xodimlarning oila aʼzolarini ishga joylashish, imtiyozli kredit olish hamda boshqa ijtimoiy masalalarga tushunchalar berildi.
Barcha kelib tushgan savollar hamda murojaatlar mutasaddilarga yoʻnaltirilib, ularga yechim topish boʻyicha zaruriy koʻrsatmalar berildi.