Yangiliklar

26 Yanvar 2024

TASHKIL ETILAYOTGAN SAYYOR QABULLAR MUAMMOLARNI YECHISHGA YORDAM BERMOQDA

Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Harbiy prokuratura hamda Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar mutasaddi rahbarlari tomonidan harbiy xizmatchilar va xodimlar, shuningdek, ularning oila aʼzolarini ijtimoiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, mavjud muammolarini oʻrganish maqsadida Toshkent viloyatining Bekobod tumanida ommaviy sayyor qabul oʻtkazildi.
Dastlab, harbiy xizmatchi, xodimlar hamda ularning oila aʼzolari bilan uchrashuv oʻtkazildi. Unda bugungi kunda xodimlar uchun yaratilgan qulayliklar, ijtimoiy himoyasi borasidagi olib borayotgan ishlar xususida mutasaddilar tomonidan aytib oʻtildi.
Shundan soʻng, har bir xodim va oila aʼzolarining takliflari tinglandi. Milliy gvardiya markaziy devoni va "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi rahbariyati tomonidan Milliy gvardiya saflariga ishga kirish, Jamoat xavfsizligi universitetiga oʻqishga kirish tartibi boʻyicha, shuningdek xodimlarning oila aʼzolarini ishga joylashish, imtiyozli kredit olish hamda boshqa ijtimoiy masalalarga tushunchalar berildi.
Barcha kelib tushgan savollar hamda murojaatlar mutasaddilarga yoʻnaltirilib, ularga yechim topish boʻyicha zaruriy koʻrsatmalar berildi.