Yangiliklar

15 Fevral 2025

“Shukronalik oiladan boshlanadi” shiori ostidagi uchrashuvlar

Bugungi kunda yurtimizda oilalarning tinch va farovon hayot kechirishlari, ularga munosib turmush sharoitlarini yaratib berish borasida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Ana shunday islohotlarning mazmun-mohiyatini xodimlarning oila aʼzolariga yetkazish maqsadida, Milliy gvardiya "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi masʼul xodimlari tomonidan Navoiy hamda Buxoro viloyatlarida “Shukronalik oiladan boshlanadi” shiori ostida uchrashuvlar tashkil etildi.
Tadbirlarda soʻzga chiqqanlar tomonidan xodimlaring oila aʼzolari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, ijtimoiy-himoya va boshqa masalalar xususida tinglovchilarga tushuntirishlar berdilar. Malakali psixologlar tomonidan “Oila psixologiyasi” mavzusida oʻtkazilgan treninglarda xodimlarning turmush oʻrtoqlari madaniy xordiq olib, kelajakka boʻlgan umidlari yanada oshdi.
Bundan tashqari "Qoʻriqlash" xizmatida faoliyat olib borayotgan xodimlarning xonadonlarida “xodimbay” tizimi asosida oʻrganishlar olib borilib, oila aʼzolari bilan xodimlar oʻrtasida xizmat intizomini mustahkamlash, noqonuniy ishlarga aralashmaslik va kelib chiqishi mumkin boʻlgan salbiy holatlarni oldini olish maqsadida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, oilada sogʻlom muhitni yaratishda oila aʼzolarining roli muhim ekanligi, vatanparvarlik va shukronalik oiladan boshlanishi, xodimlarni ijtimoiy himoya qilishi maqsadida berilayotgan imkoniyatlar toʻgʻrisida suhbat oʻtkazildi.
Jarayonda xodimlarning turmush sharoiti, oilaviy ahvoli, mavjud muammolari oʻrganilib, ularni bartaraf qilish borasida masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.