“Jaholatga qarshi maʼrifat” mavzusida uchrashuv
Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy oʻquv markazi shaxsiy tarkibi va tinglovchilarining maʼnaviy-maʼrifiy bilimlarini yanada oshirish, hozirgi kundagi inson maʼnaviyatini oʻzgartirish, unga buzgʻunchilik gʻoyalarni singdirishga boʻlgan urinishlardan boxabar etish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi masʼul xodimlari bilan hamkorlikda “Jaholatga qarshi maʼrifat” mavzusida uchrashuv oʻtkazildi.
Unda soʻzga chiqqan, Din ishlari boʻyicha qoʻmitasining axborot xizmati rahbari – matbuot kotibi, “Shuhrat” medali sohibi I.I.Marupov tomonidan, hozirgi kunda insoniyatning taqdiri va kelajagiga tahdid solayotgan xalqaro terrorizm, radikalizm, mutaassiblik, ekstremizm kabi xavf-xatarlar, ularning gʻoyaviy qarashlari borasida zaruriy maʼlumotlar yetkazilib, mazkur yot gʻoyalarga qarshi Davlatimiz rahbari taʼkidlaganlaridek, “Jaholatga qarshi - maʼrifat”ni qurol qilgan ajdodlarimizdan bizgacha yetib kelgan boy maʼnaviy meros oʻziga xos najot qalʼasi, himoya qoʻrgʻoni vazifasini oʻtashi, doimo hushyor va ogoh hayot kechirish, beparvolikka yoʻl qoʻymaslik borasida tushuntirish ishlari olib borildi.