Yangiliklar

23 Aprel 2024

"RAHBAR VA YOSHLAR" UCHRASHUVI

Surxondaryo viloyatining Qumqoʻrgʻon tumanida Milliy gvardiya tomonidan otaliqqa olingan yigit-qizlar hamda oʻquvchilar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Tadbirda Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda viloyat "Qoʻriqlash" boshqarmasi rahbariyati, tuman hokimiyati, shuningdek boshqa tashkilot va korxonalar rahbarlari ishtirok etishdi.
Muloqotda yurtimizda yoshlarga qaratilayotgan eʼtibor, ularning ilm olishi, kasb-hunar oʻrganishi uchun yaratilgan sharoitlar, isteʼdod va iqtidorlarini yuzaga chiqarishga qaratilgan tadbirlar xususida soʻz bordi. Shu bilan birga yoshlar bilan bogʻliq jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, oʻgʻil-qizlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ishsiz yoshlarning bandligini taʼminlash borasida fikr-mulohazalar bildirildi. Ishtirokchilarning murojaat va takliflari tinglanib, barcha koʻtarilgan masalalarni joyida hal etishga eʼtibor qaratildi. Shuningdek, uchrashuv davomida vatanparvarlik tadbiri ham tashkil etilib, unda Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari va xodimlari tomonidan koʻrgazmali chiqishlar namoyish etildi. Ishtirokchilar maxsus texnika va jihozlar bilan yaqindan tanishdilar, oʻzlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan batafsil javob va tushunchalar oldilar.