XIZMAT INTIZOMINI MUSTAHKAMLASHGA QARATILGAN UCHRASHUV
Kuni kecha "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi Davlat organlari obyektlarini qoʻriqlash boʻyicha boshqarmasi xodimlari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Mazkur uchrashuvda "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi, Harbiy prokuratura, shahar IIB YHXB hamda FVB masʼullari ishtirok etishdi.
Soʻzga chiqqanlar xizmat intizomini mustahkamlash, xodimlarning korrupsiyaga qarshi mafkuraviy immunitetini kuchaytirish, ularda shukronalik hissini shakllantirish, kasbiy fazilatlari va maʼnaviy-ruhiy, jismoniy va jangovar tayyorgarligini yuksaltirish kabi masalalar atroflicha muhokama etishdi.
Bundan tashqari, tadbir davomida bugungi kunda kibermakonda sodir etilayotgan jinoyatlarning turli koʻrinishlari, mamlakatimizda kuzatilayotgan turlaridan xabardor boʻlishlari, shuningdek kiberjinoyatlarni aniqlash va ularni fosh etish boʻyicha tajribali xodimlar murabbiyligi ostida oʻzlarining bilim va koʻnikmalarini egallash imkoniyatiga ega boʻlishlari alohida taʼkidlandi.
Shuningdek, tadbir davomida ishtirokchilar yoʻl-transport hodisalarining oldini olish, kuz qish mavsumida is gazidan zaharlanishlardan saqlanish kabi masalalar haqida kerakli maʼlumotlarni olishdi.