Yangiliklar

19 Iyun 2024

YOSHLARNI VATANGA SADOQAT RUHIDA TARBIYALASH

Oʻquvchi yoshlarning yozgi taʼtil vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, ularning jismoniy va aqliy salohiyatlarini oshirish, bolajonlarga yaxshi kayfiyat ulashish maqsadida respublikamiz boʻylab bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlarida harbiy-vatanparvarlik, sport hamda koʻngilochar tadbirlari davom etmoqda.

Milliy gvardiya hamda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tashkil etilayotgan tadbirlarda xodimlar tomonidan chiroyli koʻrgazmali va musiqiy chiqishlari taqdim etilib, zamonaviy harbiy qurol-aslaha koʻrgazmalari namoyish etilib, kamondan otish, futbol, shaxmat, stol tennisi turlari boʻyicha mahorat darslari oʻtkazilmoqda.

Harbiy orkestr ijrosidagi musiqiy namoyishlar esa tadbirlarga yanada koʻtarinki ruh bagʻishlamoqda.