Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan hamkorlikda yashil bogʻlarni barpo etish boʻyicha ishlarni olib bormoqda
Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan hamkorlikda yashil bogʻlar yaratilmoqda.
Jumladan, "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida manzarali va mevali daraxt koʻchatlari ekilib, ekologik muhitni yaxshilashga qaratilgan muhim ish amalga oshirilmoqda. Bogʻlarning yaratilishi nafaqat atrof muhitni obodonlashtirish, balki yoʻl boʻyidagi qulayliklarni oshirishga ham hissa qoʻshadi.
Milliy gvardiyaning ushbu tashabbusi aholining ekologik ongini oshirish hamda atrof-muhit muhofazasiga oid maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni kengaytirish maqsadida amalga oshirilgan.
Tizim mutasaddilarining taʼkidlashicha, kelgusida ham shunday loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan boʻlib, hududlardagi yashil hududlar sonini koʻpaytirishga katta eʼtibor qaratiladi.
Yashil bogʻlar nafaqat tabiatni himoya qiladi, balki aholi va sayyohlar uchun dam olish va hordiq chiqarish imkonini ham yaratadi. Albatta, bu kabi tashabbuslar mamlakatning ekologik barqarorligiga sezilarli darajada ijobiy taʼsir koʻrsatadi.