Yangiliklar

27 Sentyabr 2025

Jizzax viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi tomonidan 1 oktabr – Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan Jizzax Davlat pedagogika universitetining anjumanlar saroyida "Uch avlod uchrashuvi" oʻtkazildi.

Jizzax viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi tomonidan 1 oktabr – Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan Jizzax Davlat pedagogika universitetining anjumanlar saroyida "Uch avlod uchrashuvi" oʻtkazildi.

Unda viloyat Qoʻriqlash boshqarmasi va uning hududiy boʻlimlarida xizmat qilib kelayotgan xodimlar ishtirok etib, Ichki ishlar tizimida uzoq yillar samarali xizmat qilib, bugungi kunda isteʼfodagi ofitserlar tomonidan boy hayotiy tajribalari bilan oʻrtoqlashdilar. Tadbir mehmonlari tomonidan vatanparvarlik va Vatanni sevish, kasbiga sadoqat, gʻurur, fidoyilik va shukronalik tuygʻulari xususida maʼlumotlar oldilar.

Jinoyatchilik va huquqbuzarliklar hamda ularning issiq izidan fosh etish borasida olib borilayotgan ishlar, hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga qaratilayotgan ishlar borasida misollar keltirdilar. Shu kuni xodimlar tomonidan Vatanni va ustozlarni madh etuvchi sherlar tinglandi. Tadbir yakunida Jizzax viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi tomonidan sana munosabati bilan tadbir mehmonlariga tashakkurnoma va esdalik sovgʻalar topshirildi.