VILOYAT HARBIY PROKURATURASI MAS’ULLARI ISHTIROKIDA MULOQOTLAR O‘TKAZILDI
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasida Farg‘ona viloyati "Qo‘riqlash" boshqarmasida Farg‘ona harbiy prokuraturasi mas’ul xodimlari ishtirokida “Milliy gvardiya faoliyatini tashkillashtirish” mavzusida seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.
So‘zga chiqqanlar so‘ngi paytlarda xizmat intizomi va qonunchilikka rioya qilish bo‘yicha xodimlar tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar tanqidiy-tahliliy ruhda ko‘rib chiqishdi.
Jumladan, joriy yil tahlil natijalariga ko‘ra o‘tgan davr bilan solishtirganda xizmat intizomi buzilish holatlari qisman kamayganligi alohida ta’kidlandi.
Tadbir davomida ushbu yo‘nalishlarda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan tizimli ishlar belgilab olinib, rahbarlarga aniq vazifalar yuklatildi.
Yakunda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.