Yangiliklar

16 Avgust 2024

SAYYOR QABUL ORQALI MUAMMOLAR BARTARAF ETILMOQDA

Harbiy xizmatchilar, xodimlar va ularning oila aʼzolarining muammolarini joyida oʻrganish va hal etish maqsadida Jizzax viloyati Baxmal tumanida Oʻzbekiston Respublikasi harbiy prokurori, Milliy gvardiya Markaziy Devoni hamda viloyat "Qoʻriqlash" boshqarmasi rahbariyati, shuningdek, qator tashkilotlar rahbarlari ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi.
Qabul davomida harbiy xizmatchi va xodimlar, ularning oila aʼzolari tomonidan mutaxassisliklari boʻyicha boʻsh ish oʻrinlariga joylashishi, imtiyozli uy-joyga ega boʻlish, tahsil olishga koʻmaklashish, salomatligini tiklashda imtiyozlar va nafaqalar ajratish kabi murojaatlar tinglanib, muammolar hal etildi. Muddat va oʻrganishlar talab etiladigan murojaatlar yuzasidan topshiriqlar berildi.